SPORT NAFISLIK VA SALOMATLIK MANBAI

Бош саҳифа Янгиликлар

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmoni, hamda 2020-yil 19-noyabrdagi Vazirlar Mahkamasining “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 735-sonli Qarori, shuningdek, Respublikada sportning  “Gimnastrada” (gimnastika barcha uchun) turini yanada rivojlantirish bo‘yicha belgilangan topshiriqlarni ijrosini ta’minlash maqsadida, korxonaning 2021- yil 9-noyabrdagi 522/48-sonli “Buyruq-Qarori” chiqarildi.

“Buyruq-Qarorga” asosan Nizom ishlab chiqilib, joriy yilning 25-noyabr kuni “Kimyogar” sport majmuasida, korxonamiz ayollari o‘rtasida “Sport nafislik va salomatlik manbai”  shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Sport tadbirida, ayollardan jam bo‘lgan 6 ta jamoa vakillari ishtirok etishdi. Har bir jamoa musiqa ostida o‘z ko‘rgazmali chiqishlarini namoyish etdilar. Nizomga ko‘ra hakamlar 3 yo‘nalishda baholashni amalga oshirishdi (sinxronlik va mashqlarni bajarish sifati, ishtirokchilarning kiyimi va ishtirokchilarni anjomlar bilan qatnashganliklari).  

Sport musobaqasi ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Guruhlar 1-, 2-, 3-o‘rinlar bo‘yicha taqdirlandilar. Barcha ishtirokchilarga esdalik diplomlar va sovg‘alari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email