JAMOA SHARTNOMALARI MAKETLARI

JAMOA SHARTNOMALARINI TUZISH BO‘YICHA TAVSIYALAR

  1. Amaldagi jamoa shartnomasi muddati tugashiga qadar uch oy mobaynida yangi jamoa shartnomasini tuzish yuzasidan muzokaralar boshlash to‘g‘risida ish beruvchiga yozma xabar beriladi.
  2. Jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash uchun taraflardan teng sonli vakillaridan iborat komissiya tuziladi. Komissiyaning tarkibi, muzokarani muddati, o‘tkaziladigan joyi va kun tartibi taraflar qarori bilan belgilanadi (Qo‘shma qaror: buyruq – qaror tarzida tuziladi).
  3. Jamoa shartnomasi loyihasi xodimlar tomonidan muhokama qilinadi va ular bildirilgan fikr va takliflar hisobga olingan holda komissiya tomonidan takomiliga yetkaziladi (bu haqda Bayonnomatuziladi).
  4. Jamoa shartnomasi qabul qilinishidan 30 kun oldin Ekspertiza qiluvchi idoragaekspertizadan o‘tkazish uchun jamoa shartnomasining loyihasini barcha ilovalar bilan taqdim etadi (yozma yoki elektron shaklda);
  5. Jamoa shartnomasi qabul qilinishidan ikki hafta oldin jamoa shartnomasi loyihasi barcha ilovalari bilan ekspertizadan o‘tkazish uchun yuqori kasaba uyushmasi organiga taqdim etiladi.
  6. Jamoa shartnomasi loyihasini jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazish uchun 15 kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan muddat ajratiladi.
  7. Ekspertizaning xulosasi yozma ravishda ikki nusxada tayyorlanadi va bir nusxasi boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisiga, jamoa shartnomasi ro‘yxatdan o‘tkazish kitobiga, imzo qo‘ydirib beriladi.
  8. Huquqiy ekspertiza xulosasida berilgan  tavsiyalar inobatga olinib komissiya tomonidan  loyiha takomiliga yetkaziladi.(bu haqda Bayonnoma tuziladi)
  9. Jamoaning umumiy yig‘ilishi o‘tkazish vaqti va kun tartibi haqida o‘n besh kun oldin e’lon qilinadi.
  10. Shu bilan birga komissiya qarori bilan tasdiqlangan vakillar normasiga asosan mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi konferensiyaga delegatlarni saylaydi.
  11. Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi kun tartibiga ikkita masala kiritilishi lozim:
  12. a) jamoa shartnomasining o‘tgan yildagi ijrosi to‘g‘risida;
  13. b) yangi muddatga tuziladigan jamoa shartnomasi loyihasining  muhokamasi to‘g‘risida.
  14. Mehnat jamoasining yig‘ilishi, basharti unda xodimlarning yarimidan ko‘prog‘i ishtirok etgan bo‘lsa vakolatli hisoblanadi.
  15. Yig‘ilishda ishchi guruhi saylanadi, reglament va kun tartibi tasdiqlanadi.
  16. Birinchi masala bo‘yicha ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi komissiya tomonidan tayyorlangan tekshiruv dalolatnoma asosida o‘z hisobotlarini beradilar.
  17. Ikkinchi masala bo‘yicha komissiya raisi ma’ruza qiladi.
  18. Kun tartibidagi ikkita masala bir yo‘la muhokama qilinadi. So‘zga chiqqanlar jamoa shartnomasi ijrosiga baho berishadi va yangi jamoa shartnomasi loyihasi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishadi.
  19. Yig‘ilish qarorlari qabul qiladi:

1) jamoa shartnomasi ijrosi bo‘yicha;

2) jamoa shartnoma loyihasini ma’qullash to‘g‘risida;

3) jamoa shartnomasini xodimlar tomonidan imzolash vakolatini kasaba uyushma qo‘mitasining raisi F.I.Sh.______________ga  berilishi to‘g‘risida.

  1. Jamoaning umumiy yig‘ilishida ma’qullangan jamoa shartnomasi uch kun ichida imzolanib, ro‘yxatdan o‘tkazilishi uchun yuqori kasaba uyushmasi organiga sahifalari nomerlangan va tikilgan holda  uch nusxada, oldingi  yilda jamoa shartnomasi bajarilishi  to‘g‘risidagi dalolatnoma, jamoa shartnomasini ma’qullash to‘g‘risidagi mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi bayoni bilan birga taqdim etiladi.
  2. Mehnat jamoasining konferensiyasi, basharti unda delegatlarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.

Jamoa shartnomasi, basharti uni umumiy yig‘ilishda (konferensiyada) ishtiroq etganlarning ellik foizidan qo‘prog‘i yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, ma’qullangan hisoblanadi.

 

 

Print Friendly, PDF & Email