Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Ijroiya qoʻmitasining 17-yigʻilishi va Kengashning VI Majlisi boʻlib oʻtdi. Unda tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi apparati xodimlari, Kengash hamda Ijroiya qoʻmita aʼzolari ishtirok etdi. Yigʻilishni Respublika kengashi raisi Alimdjanova Nigora Adxamovna olib bordi va 2024-yilda “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini taʼminlash hamda tarmoq tizimida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼruza qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, Respublika kengashi va tarmoq tizimidagi boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan xodimlarni va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish borasida jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali pensionerlarni, xotin-qizlarni hamda yoshlarni maʼnaviy va moddiy qoʻllab-quvvatlashga, aholi uchun kafolatlangan ijtimoiy kafolatlarni taʼminlash, ehtiyojmand qatlamning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilgan va ijobiy natijalarga erishilgan. Jumladan, 1102 nafar pensiya yoshidagi xodimlar pensiyaga chiqishdan oldin va 921 nafar xodim yubiley sanalari munosabati bilan moddiy yoki qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlangan. Ishlamaydigan pensionerlar hamda nogironligi boʻlgan shaxslar va oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan sobiq xodimlardan 3031 nafariga, ikki yoshdan uch yoshgacha bola parvarishi uchun taʼtilda boʻlgan 912 nafar yosh onalarga moddiy yordam koʻrsatilgan.
Xodimlarning 4308 nafar farzandlari uchun oʻquv qurollari, darsliklar xarid qilish harajatlari qisman qoplab berilgan. Shuningdek, 2 mingga yaqin kam taʼminlangan oilalarga va ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlarga moddiy yordam koʻrsatilgan.
Oliy oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan 393 nafar iqtidorli, kam taʼminlangan va chin yetim talabalarga oʻquv shartnomasi pullari qisman toʻlab berilgan.
Xalq bilan muloqotni yanada kengaytirish orqali aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimining samaradorligini oshirish maqsadida “Bir murojaat – natija” tamoyili asosida xodimlardan boʻlgan murojaatlarni oʻrganish va tezkor koʻrib chiqish ishlari samarali tashkil etilmoqda.
Shu jumladan, murojaatlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra Respublika kengashining aralashuvi bilan gʻayriqonuniy ravishda ishdan boʻshatilishi kutilgan xodimlarni buzilgan huquqlari tiklangan.
Mehnat muhofazasi yoʻnalishida ham 2024-yil davomida 24 ta korxona va tashkilotda oʻrganishlar jarayonida aniqlangan 50 ga yaqin kamchiliklardan 42 tasi bartaraf etilishiga erishilgan hamda 8 ta kamchilik yuzasidan ish beruvchilarga tavsiyaviy tushuntirishlar berilgan.
Jumladan, korxonalarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish, xodimlar uchun xavfsiz ish oʻrinlarini yaratish, jamoatchi vakillar tomonidan olib borilayotgan profilaktik 3 bosqichli nazorat holati, jamoa shartnomalaridagi mehnatni muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan bandlarning bajarilishi, sanoat xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi va boshqa yoʻnalishlarda olib borilayotgan ishlar oʻrganilgan.
Shuningdek, xodimlarni dastlabki va davriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi hamda joylarda ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari boʻyicha shahodatdan oʻtkazilishi holatlari boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazilib, oʻrganishlar natijalariga koʻra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilgan.
Respublika kengashi tomonidan yoshlarni maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy tadbirlar va sport musobaqalari orqali qamrab olishga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Xususan, “Yoshlarga oid davlat siyosati sohasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan yillik yoshlar dasturi”ga asosan “Rahbar va yosh xodimlar” uchrashuvlari, “Kimyoviy tahlil laboranti” koʻrik-tanlovi, “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” va “Ekoturizm” sayohat dasturlari tashkil etilgan hamda sport musobaqalari oʻtkazilgan.
“Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” munosabati bilan “Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” ilmiy-intellektual forumi oʻtkazildi. Ushbu forum tarmoq tizimidagi korxonalarda mehnat qilib kelayotgan 200 nafar yoshlarni oʻzida birlashtirdi.
“15-fevral – Saraton kasalligiga chalingan bolalar kuni” munosabati bilan “Men donorman” aksiyasida tarmoq tizimidagi korxonalarda ishlayotgan yoshlar faol ishtirok etdilar.
Respublika kengashi tomonidan tarmoq tizimidagi oliygohlarda aʼlo baholarga oʻqiyotgan va yoshlar bilan ishlash komissiyasi faoli boʻlgan talabalarga stipendiya tayinlash va toʻlash maqsadida “Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi stipendiyasi” koʻrik-tanlovi taʼsis etildi va birinchi martda “30-iyun – Yoshlar kuni” munosabati bilan oʻtkazilgan.
Respublika kengashi tomonidan tizimdagi korxonalarda mehnat qilayotgan kasaba uyushmasi aʼzolarini qoʻllab-quvvatlash hamda yosh oilalar farovonligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga koʻtarish va sportning ommaviyligini oshirish maqsadida “11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan “Biz sogʻlom yosh oilamiz” shiori ostida Respublika darajasida oilaviy sport musobaqasi tashkil etilgan.
Mustaqillik bayrami munosabati bilan tarmoq tizimidagi sohalarda koʻp yillar samarali mehnat qilgan faxriylar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylari, keksa avlod vakillari, “Mehribonlik” va “Muruvvat” uylari tarbiyalanuvchilari, “Sahovat” uylarida yashayotganlar, “Ijtimoiy himoya reestri” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan hamda boshqa koʻmakka muhtoj insonlar holidan xabar olish, ularga begʻaraz yordam berish, homiylik yordamini koʻrsatish ishlariga eʼtibor qaratildi.
Yigʻilishda Kengash aʼzolari kun tartibidagi masalalar yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini va sohani rivojlantirish yuzasidan takliflarini bildirdilar.
Majlisda “Tarmoq kasaba uyushma tashkilotining IV Qurultoyini chaqirish toʻgʻrisida”gi va “Respublika kengashi va Ijroiya qoʻmitasi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi masalalar koʻrib chiqilib Kengash aʼzolari tomonidan bir ovozdan maʼqullandi va 2025-yildagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: