KEKSALARNI E’ZOZLASH, ULARGA HURMAT KO‘RSATISH—XALQIMIZGA XOS EZGU FAZILAT

Бош саҳифа

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan keksa avlod vakillarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida har yil oktabr oyining birinchi haftasida yurtimiz miqyosida “Keksalar haftaligi”ni oʻtkazish belgilangan.

“Ammofos-Maxam” AJ korxonasida ham keksa avlod vakillarini ijtimoiy himoya qilish, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirishni maqsad qilib,  haftalik doirasida korxonada uzoq vaqtdan buyon faoliyat yuritib kelayotgan xodimlar va mehnat faxriylari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi, Toshkent viloyatidagi Zangi Ota ziyoratgohi, Minor masjidi, Hazrati Imom majmuasi, G‘alaba bog‘i, Toshkent teleminorasi, Amir Temur muzeyi va Magic City ko‘ngil ochar bog‘iga sayohat tashkil etildi.

 

 

Print Friendly, PDF & Email