KASABA UYUSHMALARI – BOLALAR MEHNATIGA QARSHI

Бош саҳифа Корхона янгиликлари

12 iyun- Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni munosabati bilan  tarmoq tizimidagi “Navoiyazot” AJ korxonasi tasarrufidagi “Oftobjon” bolalar sog’lomlashtirish oromgohida “Bolalar mehnatiga barham berish bo’yicha o’z majburiyatimizni bajaraylik!” shiori ostida tadbir o’tkazildi.

Tadbirda ushbu sananing ahamiyati, dunyoda bolalar mehnatiga barham berish borasida olib borilayotgan ishlar, Yangi O’zbekistonda bolalarni qo’llab-quvvatlash, ularning ta’lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, salomatligini muhofaza qilish borasida ko’rilayotgan choralarning ahamiyati haqida so’z yuritildi.

Tadbir doirasida oromgohda dam olayotgan 300 nafardan ortiq bolajonlar o’rtasida  rasm chizish tanlovi,  voleybol, shashka, stol tennisi kabi  sport musobaqalari o’tkazildi.

G’oliblar va foal ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan  sovg’alar bilan taqdirlandi.

Print Friendly, PDF & Email