“Oftobjon” oromgohining joriy yilgi mavsum ochilishi 12-iyun—Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tantanali tadbir sifatida tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi mas’ul xodimlari, “Navoiyazot” AJ korxonasi vakillari va kasaba uyushmasi qo‘mitasi faollari ishtirok etib, barcha yig‘ilganlarni tabrikladilar. Jumladan, Kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Alimdjanova Nigora Adxamovnaning bolajonlarga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi va “Oftobjon” oromgohi fondiga bolajonlar foydalanishlari uchun esdalik sovg‘alari topshirildi.

So‘zga chiqqanlar tomonidan bolajonlar ta’tilni sevimli maskanda ko‘ngildagidek o‘tkazishlari uchun oromgohda yaratilgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.

Tarbiyachi va bolalar tomonidan tayyorlangan musiqiy, sahnaviy chiqishlar va raqslar barchaga a’lo kayfiyat ulashdi.

Spelling error report
The following text will be sent to our editors: