Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari uchun Parkent tumanining tog‘li hududida joylashgan so‘lim maskanlardan biriga ichki turizm doirasida ekoturizm tashkil etildi.
Mazkur sayohatni tashkil etishdan asosiy maqsad talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida o‘zaro hurmat va do‘stlikni mustahkamlash, shuningdek, yurtimizning betakror tabiati bilan yaqindan tanishtirishdir.

Sayohat davomida talabalar musaffo havo, sokin muhit va go‘zal manzaralardan zavq olib, maroqli dam oldilar. Tabiat qo‘ynida o‘tkazilgan ushbu sayohat ularga yangi kuch va ijobiy kayfiyat bag‘ishladi.

Bynday tadbirlar yoshlar o‘rtasida tabiatga mehr va e’tiborni kuchaytirish yo‘lida muhim o‘rin tutadi.

Spelling error report
The following text will be sent to our editors: